Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi 939-XII-sonli Qaroriga muvofiq Qonun tatbiq etilgunga qadar amalda boʻlgan: pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash; ilgari amalda boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti ogʻir ishlarda Qonun amalga kiritilgunga qadar ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan taʼminlanish tartibi saqlab qolingan.