Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining…

Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 3-sentabrdagi 939-XII-sonli Qaroriga muvofiq Qonun tatbiq etilgunga qadar amalda boʻlgan: pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash; ilgari amalda boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti ogʻir ishlarda Qonun amalga kiritilgunga qadar ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan taʼminlanish tartibi saqlab qolingan.