Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha aybdor giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan-yoʻliqmaganligini aniqlash va uni majburiy davolanishga yuborish masalasini hal etish uchun zarur hollarda narkologik ekspertiza oʻtkazilishi lozim. JK 96-moddasiga muvofiq giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin.