Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 32-band. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof…

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʻliq jinoyatlarga oid ishlar boʻyicha aybdor giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan-yoʻliqmaganligini aniqlash va uni majburiy davolanishga yuborish masalasini hal etish uchun zarur hollarda narkologik ekspertiza oʻtkazilishi lozim. JK 96-moddasiga muvofiq giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin.