Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 165¹-moddasining uchinchi qismi bilan javobgarlikka sabab boʻladi. Agar bunday harakatlar maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgandan soʻng yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari JK 186³-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.