Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept…

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 165¹-moddasining uchinchi qismi bilan javobgarlikka sabab boʻladi. Agar bunday harakatlar maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgandan soʻng yoki koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari JK 186³-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.