Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida 1-band. Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga…

Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda ushbu munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik , Mehnat , Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash Qoidalari ” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida”gi Nizom , Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin