Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda ushbu munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik , Mehnat , Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash Qoidalari ” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida”gi Nizom , Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin