FKning 31-moddasiga koʻra, fuqaroning muomala layoqatini cheklash uchun quyidagi ikki shartning oʻzaro sababiy bogʻliqlikda bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlishi talab etiladi: fuqaroning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini, shuningdek boshqa kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni suiisteʼmol qilishi; oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solishi.