Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlarni koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. FKning 31-moddasiga koʻra, fuqaroning muomala layoqatini cheklash uchun quyidagi ikki…

FKning 31-moddasiga koʻra, fuqaroning muomala layoqatini cheklash uchun quyidagi ikki shartning oʻzaro sababiy bogʻliqlikda bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlishi talab etiladi: fuqaroning spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini, shuningdek boshqa kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni suiisteʼmol qilishi; oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solishi.