Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida 2-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari roʻyxati Oʻzbekiston…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, valyuta qimmatliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi sakkizinchi boʻlimida belgilangan boʻlib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi: chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan toʻlanadigan toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday koʻrinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xom ashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari bundan mustasno.