Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi: subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini; shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini; shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.