Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 27-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kafolatlari

Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi: subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini; shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini; shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.