Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida 76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan boʻnak bilan taʼminlanishi

Ijro harakatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli. Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli xarajatlarni toʻliq boʻnak bilan taʼminlashga haqli. Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.