Ijro harakatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli. Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli xarajatlarni toʻliq boʻnak bilan taʼminlashga haqli. Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.