Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.