Yoʻl harakati toʻgʻrisida 27-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlarga oid umumiy talablar

Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi muhofaza qilinishini, ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.