Advokatura toʻgʻrisida 17-modda. Advokatura va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida: advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi; advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganadi; advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi; advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; order shaklini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.