Advokatura toʻgʻrisida 4-2-modda. Advokatlik firmasi

Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir. Advokatlik firmasining taʼsis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir. Advokatlik firmasini taʼsis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda oʻzaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga koʻra advokatlar — sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi. Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi. Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari koʻrsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi. Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi: sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda; sheriklardan biri boʻlgan advokatning maqomi tugatilganda yoki toʻxtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa; sheriklardan birining talabiga koʻra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan bo