Aholi bandligi toʻgʻrisida 104-modda. Fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish

Fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish (bundan buyon matnda uyushgan holda ishga qabul qilish deb yuritiladi) chet ellik ish beruvchilarning va (yoki) ular vakolat bergan, chet ellik xodimlarni ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi chet el tashkilotlarining talabnomalariga binoan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidir. Uyushgan holda ishga qabul qilish vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida fuqarolar bandligining boshqa shakllariga nisbatan ustuvor shaklidir. Uyushgan holda ishga qabul qilish Migratsiya agentligi, shuningdek fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish uchun yuborish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega boʻlgan xususiy bandlik agentliklari (bundan buyon matnda yuboruvchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni tanlashni amalga oshiradi hamda ularning oʻquv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda oʻtkazilishini, shu jumladan: chet ellik ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirilishini; fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini; chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishida koʻmaklashishni; tegishli chet tilini, ishga joylashtiriladigan davlatning anʼanalari va qonunchilikni oʻrganish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmni profilaktika qilish, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha qisqa muddatli kurslar amalga oshirilishini; fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish jarayoni tashkil etilishini taʼminlaydi. Migratsiya agentligi tomonidan Xorijdagi ish beruvchilar reyestri yuritilib, u Migratsiya age