Aholi bandligi toʻgʻrisida 107-modda. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish

Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet ellik fuqaro ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi hududida yollanib ishlashi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan beriladi.