Mehnat bozori va aholi bandligi infratuzilmasini rivojlantirishga doir axborot texnologiyalari bandlikni tartibga solish sohasida vaqt, mehnat, quvvat hamda moddiy resurslar sarflanishini kamaytirish uchun axborot jarayonini samarali tashkil etishga doir maʼlumotlarni toʻplash, ularga ishlov berish va ularni uzatish vositalari hamda uslublarining majmuidir. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi quyidagilarni taʼminlaydi: ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish tartib-taomillarini elektron roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirishni; ish beruvchilarning tuzilmasi (shtat jadvali), shu jumladan mavjud va tashkil etiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq toʻlash shartlariga doir axborot toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirishni; fuqarolarning elektron mehnat daftarchasida xodimlarning mehnat stajini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlaridan toʻlangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasi hisobvaraqlariga toʻlovlar haqidagi axborotga asoslangan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritishni; aholi bandligi sohasida davlat siyosati olib borilishini muvofiqlashtirishni va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlarining holati va surʼatlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etishni; xodimlar hamda ishchilarning son va sifat jihatidan tarkibi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlari haqida avtomatik rejimda tuzilgan, shuningdek ish beruvchilarning ishga joylashish uchun nomzodlarga qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablari toʻgʻrisidagi xolis, shaffof hamda dolzarb axborotni shakllanti