Aholi bandligi toʻgʻrisida 13-modda. Ish beruvchilarning aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishi

Oʻzbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etadi: ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish; boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda, shuningdek xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotni har bir xodimni koʻrsatgan holda, ular ishdan ozod etilishidan kamida ikki oy oldin “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda mahalliy mehnat organlariga taqdim etish; mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomalar va kelishuvlar shartlarini bajarish; xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish; Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ijtimoiy soliqni toʻlash orqali moliyaviy ajratmalar ajratish; aholi bandligiga koʻmaklashishga doir dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga ularning mehnatiga haq toʻlash uchun mablagʻlarning oʻrnini Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan toʻliq yoki qisman qoplagan holda jalb etish. Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʻra “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasiga kiritiladi. Xodimlarning ishdan boʻlgʻusi ozod etilishi toʻgʻrisidagi axborotda ishdan ozod etiladigan xodimlarning shaxsiy roʻyxati ishdan ozod etiladigan har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnatiga haq to