Aholi bandligi toʻgʻrisida 2-modda. Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik

Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek mazkur Qonunning 17-bobiga muvofiq mehnat faoliyatiga jalb etiladigan chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda aholi bandligi sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.