Grant ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir. Grantlar kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga) quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi: ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarni, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash xarajatlarini; kasbga oʻqitish markazlarida (kasb-hunar taʼlimi muassasalarida) fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va xodimlarini, dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va aʼzolarini, tomorqa yer uchastkalari egalarini agrotexnologiyalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohasida kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni. Grantlar fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlariga (kasb-hunar taʼlimi muassasalariga), shuningdek ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga ham ajratiladi. Grant ajratilishi uchun talabnoma mehnat bozorining ehtiyojlari hisobga olingan holda, mahalliy mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi va hududiy mehnat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Talabnomaga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning roʻyxati ilova qilinadi. Grant asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) amalga oshirishi mumkin. Kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malaka oshirishni moliyalash