Tashkilotlar rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining joriy holatini va istiqbollarini tahlil qilish natijalari asosida yuqori turuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlarini har yili 1-oktabrga qadar taqdim etadi. Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari: yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi yoki faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilishi; xizmatlar koʻrsatish va servis sohasi yangi obyektlarining ishga tushirilishi, yangi uy-joy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishi; qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hajmlarining kengaytirilishi; aholi tadbirkorlik faolligining oʻsishi va yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi; xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishi munosabati bilan zarur ish oʻrinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kiritiladi. Ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan shakllantirish tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlarning ishlab chiqarish (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hajmini kengaytirish va koʻpaytirish uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyoj tahlili asosida amalga oshiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlari ish oʻrinlarini tashkil etishga boʻlgan ehtiyojning dastlabki parametrlari asosida ish oʻrinlarini tashkil etishga doi