Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari — ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan va ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar; band boʻlmagan aholi (band boʻlmagan shaxslar) — haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan shaxslar; “Bandlik xizmati” axborot tizimi — mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan elektron axborot tizimi; Boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning axborot bazasi; ishsizlik — mehnat bozorida talabga ega boʻlmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi; ishsizlik nafaqasi — ishsiz shaxslarni davlat tomonidan kafolatlangan tarzda pul shaklida qoʻllab-quvvatlash turi; ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish oʻrinlarini ajratish; ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi — ish beruvchilarga ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish uchun talab etiladigan tashkiliy-texnik shartlarga muvofiq, muayyan sondagi ish oʻrinlarini tashkil etish uchun beriladigan buyurtma; ish oʻrinlarining eng kam soni — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soniga nisbatan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan foizlarda belgilanadigan ish oʻrinlarining eng kam soni; ish qidirayotgan shaxs — ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va u yerda ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan shaxs; K