Aholi bandligi toʻgʻrisida 39-modda. Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish

Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi, tashkilotlar tomonidan esa ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyiladi. Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga muvofiq belgilanadigan ish oʻrinlari eng kam sonining jami soni tashkilotning roʻyxatdagi xodimlari oʻrtacha sonining yetti foizidan ortiqni (shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun uch foizidan kamini) tashkil etishi mumkin emas. Xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili: lavozimlarni hisobga olgan holda, kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy sonini 1-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda belgilaydi; kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 15-sentabrdan kech boʻlmagan muddatda mahalliy mehnat organiga taqdim etadi. Mahalliy mehnat organi tomonidan olingan maʼlumotlar asosida ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar kesimida tegishli qaror qabul qilinishi uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga har yili 1-oktabrdan kechiktirmay kiritiladi. Mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan takliflar asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida har yili 1-noyabrdan kechiktirmay qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy mehnat organlari zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni, zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga qoʻyiladigan talablar, ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisidagi, shuningdek xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining eng kam miqdorda ish oʻrin