Aholi bandligi toʻgʻrisida 5-modda. Aholi bandligi sohasidagi asosiy prinsiplar

Aholi bandligi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: bandlik turini tanlashning ixtiyoriyligi va erkinligi; aholi bandligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish; kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi; shaffoflik va ochiqlik; ishsizlikdan himoya qilish va ishga joylashishda, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan hamda malaka oshirishdan oʻtishda koʻmaklashish; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, mustaqil ish izlash va ishga joylashish uchun huquqni taʼminlash; kasb egallash va ishga kirishdagi, mehnat qilish va bandlikni taʼminlash sharoitlaridagi, mehnatga haq toʻlashdagi, xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilishdagi imkoniyatlar tengligining kafolati; majburiy mehnatni taqiqlash, yaʼni biron-bir jazo qoʻllash tahdidi bilan ish bajarishga majburlashni taqiqlash.