Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining ishini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining ishtirokchilari quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi; tegishli vazirliklar va idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan tuziladigan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari; ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi; kasbga oʻqitish markazlari; malakani baholash markazlari; ish beruvchilar; xodimlar va kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslar. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimida ishtirok etish ixtiyoriydir.