Aholi bandligi toʻgʻrisida 81-modda. Malakani baholash markazlari

Malakani baholash markazlari kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslarning kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarini baholashdan oʻtkazadi. Malakani baholash markazlari mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning alohida tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladi. Malakani baholash markazlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: shtatida (oʻrindoshlikka yoʻl qoʻyiladi) oliy maʼlumotli va ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslaridan oʻtgan kamida bir nafar xodim boʻlishi; oʻz mulkida operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda moddiy-texnika bazasiga, shu jumladan ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish uchun baholash vositalariga ega boʻlishi. Malakani baholash markazlari: kasbiy malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholashdan oʻtishni xohlovchi shaxslarga malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash qoidalari hamda tartib-taomillari toʻgʻrisida zarur axborot taqdim etadi; malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashni tashkil etadi hamda ishchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish boʻyicha imtihonni va, zarur boʻlganda, malaka sinov ishlarini oʻtkazish orqali ularni kasbiy standartlar talablariga muvofiqligi jihatidan baholashdan oʻtkazadi; malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi, Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi malaka pasportini rasmiylashtiradi hamda beradi; berilgan malaka pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestriga kiritadi; mehnat organlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobotni taqdim etadi. Oliy maʼlumotga