Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri yuritiladi. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registri axborot-maʼlumotnoma xususiyatiga ega boʻlgan, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan avtomatlashtirilgan tizimdir va u malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning davlat tomonidan hisobga olinishini taʼminlaydi. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini yuritish uchun bevosita akkreditatsiya qilingan tashkilotdan kelib tushadigan maʼlumotlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining, shuningdek zarur hollarda, soliq organlarining, davlat mulkini boshqarish organlarining hamda boshqa davlat organlarining maʼlumotlaridan foydalaniladi. Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registridagi axborotdan hamma foydalanishi mumkin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.