Aholi bandligi toʻgʻrisida 87-modda. Malakani baholashdan oʻtkazish sifatiga va belgilangan talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish

Mehnat organlari malakani baholash markazlari tomonidan ushbu Qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Malakani baholash markazlari mehnat organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyda hisobot taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashga doir talablarga hamda shartlarga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi: malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash sifati boʻyicha talablarga rioya etilishiga doir tekshiruvlar oʻtkazish; tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar yuzasidan, shuningdek fuqarolar tomonidan kelib tushgan shikoyatlar toʻgʻrisida zarur axborotni soʻrash va olish; tekshiruvlar natijalari asosida, yoʻl qoʻyilgan aniq qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish; aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida malakani baholash markazlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddatlarni belgilash; qonunchilikning aniqlangan buzilishlari boʻyicha qarorlar chiqarish va sudga murojaat qilish. Belgilangan talablar va shartlar malakani baholash markazi tomonidan buzilganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi ular tomonidan bajarilmaganligi faktlari aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi malakani baholash markazining akkreditatsiyasi amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish yoxud uning akkreditatsiyasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Malakani baholash markazlarining faoliyati akkredi