Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi: ishsizlik nafaqalarini, ishsiz shaxslar mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʻchib ketishi munosabati bilan kompensatsiyalar toʻlash, ishsiz shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish; ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni moliyalashtirish, shu jumladan grantlar va stipendiyalar ajratish; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida amalga oshiriladigan bir martalik toʻlovlar uchun; ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga muddatidan ilgari pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining xarajatlari oʻrnini qoplash; kasbga oʻqitish markazlariga (keyinchalik xizmatlari uchun haq toʻlagan holda) kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini moliyalashtirish; mehnat organlari va tasarrufidagi tashkilotlar, vaqtincha bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari, kasbga oʻqitish markazlari, malakani baholash markazlari uchun binolar va xonalarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, saqlab turish, qayta ixtisoslashtirish, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shuningdek sotib olish; kovorking-markazlarining, ishsiz shaxslarning bandligini qoʻllab-quvvatlash “Mahalla guzari” mahalla markazlarining tashkil etilishi va saqlanishini moliyalashtirish; nogironligi boʻlgan shaxslar va boshqa aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslarning mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlarini tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; bandlik, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash hamda unga haq toʻlash masalalari boʻyicha normativ-uslubiy va yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi materiallar ishlab chiqilishini moliyalashtirish; ah