Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi: tadbirkorlik subyektlarining barqaror ish oʻrinlari tashkil etilishini, ayniqsa qishloq joylarda tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarini keyinchalik kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish; ishchi kuchi koʻp boʻlgan tumanlar va shaharlarda davlat-xususiy sheriklik shartlariga asosan koʻproq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi tashkilotlarni hududiy jamgʻarmalarning tuzilgan tashkilotlardagi ulushini keyinchalik xususiy sheriklarga realizatsiya qilish sharti bilan tashkil etish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga koʻra ish oʻrinlarini tashkil etishga hamda aholi bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Hududiy jamgʻarmalar mablagʻlarining kamida ellik foizi asosan tumanlar va shaharlarda yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi kichik hamda mini-loyihalarni amalga oshirishga tijorat banklari tomonidan keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun mazkur banklarda kredit liniyalarini ochishga yoʻnaltiriladi. Mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga quyidagilar uchun ajratiladi: tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida issiqxonalar tashkil etish, urugʻliklar, koʻchatlar, chorva mollari hamda parrandalar, qishloq xoʻjaligi ashyo-anjomlari va uskunalari, sugʻorish qurilmalari (nasoslar, artezian quduqlar va boshqalarni) sotib olish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda qadoqlash, qurilish materiallari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-uskunalar hamda xom ashyo sotib olish; xizmatlar koʻrsatish sohasidagi, ayniqsa maishiy, taʼmirlash, taʼlim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya x