Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qoʻyish

Jamiyat: jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni, jamiyatni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani; jamiyatning oʻz balansidagi mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni; aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni; jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni; yillik moliya hisobotini; aksiyalar emissiyasi maʼlumotnomasini; buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni; tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni; aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) majlislarining bayonnomalarini; jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatlarini; markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini; taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini; jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qoʻyishi shart.