Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada: hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan maʼlumotlar qay darajada toʻgʻriligiga baho beriladi; buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot beriladi.