Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish

Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida oʻz kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida oʻzlariga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilishga haqli.