Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ularning bozor qiymati boʻyicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno: odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar odatdagi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qogʻozlarni bozor qiymatining toʻqson foizidan kam boʻlmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini roʻyobga chiqarsalar; aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan koʻpi bilan bunday qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon boʻlishi. Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini toʻlashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.