Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 57-modda. Dividendlar toʻlash mumkin boʻladigan aksiyalar

Dividendlarni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega. Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlangʻich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning toʻla summasi boʻyicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi toʻlanishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.