Emitent aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni oʻz aybi bilan toʻlamagan taqdirda toʻlanmagan va toʻliq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari boʻyicha penya yoziladi. Aksiyadorlik jamiyati eʼlon qilgan dividendlarni toʻlashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot boʻlgan deb eʼlon qilish tadbiri qoʻllaniladi.