Jamiyat: jamiyat ustav fondining hammasi toʻlab boʻlinguncha; agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari boʻlsa yoki dividendlar toʻlash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo boʻlsa; jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.