Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 66-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha: jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar; ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir. Aksiya egasi boʻlmish aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chogʻida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya boʻyicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi. Ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining koʻproq miqdori belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, yigʻilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlmish aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan, hal qilish chogʻida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega boʻladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida oʻzga qoida belgilanmagan boʻlsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan faqat ku