Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan rasmiy eʼlon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi. Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga oʻzgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.