Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda eʼlon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi rasmiy eʼlon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tegishli xizmatlar koʻrsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy; jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana; umumiy yigʻilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar; umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya o