Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari

Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular oʻzlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish koʻradi. Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish koʻradi. Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida boʻladi. Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan boʻlishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborot yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organga maʼlumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur oʻzgartishlar maʼlum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi. Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.