Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi: jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash; jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilash; aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash; ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi , oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga kiritish; aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish orqali yoki eʼlon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa; emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa; mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa; agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash; korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa; agar jamiyatning yillik biznes