Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar. Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi. Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining aʼzolari kuzatuv kengashiga saylanishlari tayinlanishlari mumkin emas. Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari boʻlishi mumkin emas. Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qoʻyilishi mumkin. Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilab qoʻyiladi. Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun esa toʻqqiz aʼzodan kam boʻlishi mumkin emas. Aksiyador oʻziga tegishli aksiyalar boʻyicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga toʻliq berishga yoki bir nechta nomzod oʻrtasida taqsimlashga haqlidir. Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi. Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaxslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir. Davlat vakili lavozimiga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlib, a