Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar

Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi, jamiyatning oʻzga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, oʻzining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan koʻproq foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari: jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri boʻlsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan boʻlsa; bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham koʻproq foiziga ega boʻlsa; bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi boʻlsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.