Axborotlashtirish toʻgʻrisida 10-modda. Davlat axborot resurslari

Davlat axborot resurslari quyidagilardan shakllantiriladi: davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan. Yuridik va jismoniy shaxslar hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etishi shart. Yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etishi tartibi, davlat axborot resurslarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish uchun masʼul davlat organlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat sirlari va maxfiy axborot jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.